8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda huquqiy madaniyatni oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar keng davom etmoqda. 9-dekabr kuni “Temiryo‘lkargo” AJ Qarshi vagon deposida ishchi-xodimlar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kuni hamda 25-noyabrdan 10-dekabrga qadar o‘tkazilgan “Xotin-qizlarga nisbatan RAQAMLI zo‘ravonlikka qarshi kurash va Inson huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlangan 16 kunlik faol kampaniya” doirasida tashkil etildi

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi

Tadbir davomida Qarshi mahalla faoli D. Xolboyeva so‘zga chiqib, ayollarga raqamli xavfsizlik, zo‘ravonlikning oldini olish, inson huquqlarini himoya qilish va huquqiy madaniyatni oshirish borasida muhim ma’lumotlar berdi. Mazkur tadbir xodimlarda fuqarolik mas’uliyati, vatanparvarlik tuyg‘ulari va xavfsiz mehnat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi