"Temiryo‘lkargo" AJ Qarshi filiali hamda Qarshi vagon deposida Temiryo‘lchilar kasb bayrami munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Temiryo‘lchilar kasb bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir

Temiryo‘l sohasi taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilib, mamlakatimiz transport tizimining uzluksiz va xavfsiz faoliyatini ta'minlashga munosib hissa qo‘shayotgan barcha temiryo‘lchilarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! 2026-yil 31-iyul kuni "Temiryo‘lkargo" AJ Qarshi filiali hamda Qarshi vagon deposi rahbariyati tomonidan Temiryo‘lchilar kasb bayrami munosabati bilan ishchi-xodimlar uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida korxona ravnaqi yo‘lida ko‘p yillardan buyon sidqidildan mehnat qilib kelayotgan, o‘z kasbining fidoyi va namunali mutaxassislari munosib e'tirof etilib, Faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bayram davomida yangragan samimiy tabriklar, ko‘tarinki kayfiyat va iliq muhit barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi. Bunday e'tibor va e'tirof mehnatkash xodimlarni yangi marralar sari ruhlantirib, ularning kelgusidagi faoliyatiga katta motivatsiya bag‘ishlaydi.