2026-yil 25-mart kuni “Temiryo‘lkargo” AJ Qarshi vagon deposida erkaklar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha korxonaning ichki chempionat musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. ✨️Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tib, unda ishtirok etgan jamoalar o‘zaro kuch sinashib, jamoaviylik, epchillik va matonat namunalarini namoyon etdilar. 🏆Yakunda g‘olib jamoalar quyidagicha aniqlandi: 🥇 1-o‘rin — Ma’muriyat jamoasi 🥈 2-o‘rin — G‘ildirak juftligi bo‘linmasi 🥉 3-o‘rin — Aravalar bo‘linmasi
Haqiqiy kuch – intizomda, g‘alaba – jamoaviylikda!
Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Xususan, “Temiryo‘lkargo” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.I. Muhammedov hamda Yoshlar yetakchisi S. Saidaliyev tomonidan g‘oliblarga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Mazkur sport tadbiri korxona xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.


