Yurtimiz Mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan Qarshi vagon deposida ayol xodimlar o‘rtasida bayramona kayfiyatni ulashish, jamoaga ko‘tarinki ruh bag‘ishlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida qiziqarli darts musobaqasi tashkil etildi.

Darts Musobaqasi

Bellashuv davomida ishtirokchilar qo‘lning aniqligi va ko‘zning ziyrakligini, balki o‘zlarining qat’iyatini, sabr-toqatini ham sinovdan o‘tkazdilar. Har bir otishda ulardan diqqat, xotirjamlik va to‘g‘ri strategik yondashuv talab qilindi. Aynan shunday omillar musobaqani yanada qiziqarli va zavqli o‘tishiga sabab bo‘ldi. Musobaqa yakunida eng yuqori natija qayd etgan xodimalar quyidagicha g‘olib va sovrindorlikka erishdilar: 1-o‘rin – Pulatova Iroda Namazovna 2-o‘rin – Tosheva Nilufar Rizvon qizi 3-o‘rin – Qudratova Shahnoz Eshmurod qizi Musobaqa g‘oliblari Qarshi vagon deposi rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi tomonidan munosib tarzda taqdirlandilar.