Bayram tadbiri davomida Qarshi vagon deposi boshlig‘i A.E. Jo‘rayev so‘zga chiqib, barcha xodimlarni mustaqillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. Mustaqillik xalqimizga tinchlik, erkinlik va farovonlik olib kelgani, bugungi yutuqlarimizning barchasi aynan shu ne’mat tufayli ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, jamoa a’zolarining fidokorona mehnati, temiryo‘l tizimining rivoji va yurt taraqqiyotiga bevosita hissa qo‘shayotganini alohida e’tirof etdi. Ushbu tadbirda mehnatkash jamoa bir oiladek mehr-oqibat va samimiyat bilan yig‘ilib, mustaqillik bayramining quvonchini baham ko‘rdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Qarshi vagon deposida ishchi-xodimlar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.

Qarshi vagon deposi jamoasi mustaqillik bayrami munosabati bilan barcha temiryo‘lchilarni muborakbod etadi. Sizlarga mustahkam salomatlik, oilaviy farovonlik va mehnat faoliyatingizda yuksak marralarni zabt etishni tilab qoladi.