18-noyabr – Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Qarshi vagon deposida ishchi-xodimlar ishtirokida bayroq bilan foto chelendj o‘tkazildi.
1991-yil 18-noyabr yurtimiz uchun tarixiy sana — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Bayrog‘imiz xalqimizning orzu-umidlari, birlik va mustaqillik timsolidir.
Shu munosabat bilan “Temiryo‘lkargo” AJ Qarshi vagon deposida ishchi-xodimlar ishtirokida bayroq bilan foto chelendj o‘tkazildi. Tadbir xodimlarda yurtga sadoqat va faxr tuyg‘usini yanada oshirdi.








