Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Qarshi vagon deposida erkaklar va ayollar o‘rtasida tennis, shashka va darts bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida “Temiryo‘lkargo” AJ Qarshi vagon deposida erkaklar va ayollar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa doirasida ishtirokchilar tennis, shashka va darts sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, chaqqonlik, mahorat va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyish etdilar. Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarda ishtirokchilar munosib natijalarni qayd etib, sog‘lom raqobat ruhida bellashdilar.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Barcha ishtirokchilarni muborak sana bilan tabriklaymiz hamda ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va kelgusi musobaqalarda yangi g‘alabalar tilaymiz! Sport — sog‘lom hayot, birdamlik va farovon kelajak garovi!








