6-oktabr kuni korxona xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

2026-yil 6-oktabr kuni “Temiryo‘lkargo” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i N.G. Axmedov hamda Multimodal tashuvlar va yuk terminallari bo‘limi boshlig‘i O.U. Raxbarov tomonidan korxona xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan seminar o‘tkazildi. Tadbirda “Temiryo‘lkargo” AJ Qarshi filiali rahbari A.I. Arslonov hamda Qarshi vagon deposi boshlig‘i A.E. Jo‘rayev ishtirok etdi. Seminar davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning ahamiyati, korrupsion holatlarning oldini olish, yangilangan Odob-axloq kodeksi talablari va manfaatlar to‘qnashuvi masalalari yuzasidan muhim tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xodimlarga xizmat vazifalarini halol, xolis va qonuniy asosda bajarish, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi ta’kidlandi. Halollik va qonuniylik sog‘lom mehnat muhitining mustahkam poydevoridir.