1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Qarshi vagon deposi xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi.
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Temiryo‘lkargo” AJ Qarshi vagon deposi rahbariyati, kasaba uyushmasi, yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarining bilim va topqirligi, mantiqiy fikrlashi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, savollarga javob topish yo‘lida qizg‘in bahs olib bordilar.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Brain X” jamoasi, ikkinchi o‘rinni “Tafakkur” jamoasi, uchinchi o‘rinni esa “Yig‘uv” jamoasi egalladi. G‘oliblar Qarshi vagon deposi rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan munosib taqdirlandi. Tadbir xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, hamjihatlik va intellektual faollikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirib, g‘olib jamoalarni samimiy muborakbod etamiz.








