Qarshi vagon deposida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ shaxmat kubogi musobaqasining saralash bosqichi o‘tkazildi, g‘olib yakuniy bosqichga yo‘llanma oldi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari X.N. Raxmetovning 2025-yil 14-avgustdagi 508-NZ-sonli «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ shaxmat kubogi musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘iga muvofiq Qarshi vagon deposida sportning shaxmat turi bo‘yicha saralash bosqichi o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etib, musobaqaga munosib hissa qo‘shdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra 1-o‘rinni yig‘uv bo‘linmasi qo‘lda payvandlash elektrpayvandchisi Axmedov Zarif Abdinazarovich egallab, yakuniy bosqichda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni sanitariya-maishiy xizmat bo‘linmasi ish bajaruvchisi O‘rinov Farxod Nasriddinovich, 3-o‘rinni yig‘uv bo‘linmasi qo‘lda payvandlash elektrpayvandchisi Egamberdiev Feruz Ko‘chimovich egalladi.








