24-sentabr kuni “Temiryo‘lkargo” AJ Qarshi vagon deposida rahbar va yosh xodimlar o‘rtasida ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.

2026-yil 24-sentabr kuni “Temiryo‘lkargo” AJ Qarshi vagon deposida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida yosh xodimlarning ish faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda korxona faoliyatiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari yuzasidan ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan muammo va takliflar, ularni hal etish yo‘llari, mehnat jarayonini yanada samarali tashkil etish, sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda yoshlarning fikr va takliflarini erkin bildirishlari uchun zarur sharoit yaratildi, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli fikr-mulohazalar bildirildi. Yoshlar yangicha fikr, tashabbus va kelajak bunyodkorlaridir.